|

Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik asoslari

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitish metodikasi ilmining bilimdoni, pedagogika fanlari doktori, professor Safo Matchonovning umumiy o‘rta ta’lim tizimida adabiyot mustaqil o‘quv fani sifatida o‘z statusiga ega bo‘lgani sababli boshlang‘ich ta’limda ham bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasiga mustaqil o‘quv predmeti sifatida qarash lozimligi ilmiy-metodik jihatdan asoslangan. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda badiiy matn ustida ishlash bosqichlari va usullari haqida so‘z yuritilgan.